
59801380 (04/23)
59801380 (04/23)
Qurilmadan ilk marta foydalanishdan avval texnika xavfsizligi bo‘yicha ushbu ko‘rsatmalarni va foydalanish bo‘yicha asl qo‘llanmani o‘qib chiqing. Ularga ko‘ra harakat qiling. Har ikkala hujjatni keyinchalik foydalanish yoki qurilmaning keyingi egalari uchun saqlab qo‘ying.
Foydalanishga kiritishdan avval qurilmadan foydalanish bo‘yicha grafik qo‘llanma va texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling.
Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmadagi ko‘rsatmalar bilan bir qatorda texnik xavfsizligi bo‘yicha hamda qonunchilikda o‘rnatilgan baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha umumiy qoidalarga ham amal qilish lozim.
Qadoqlash plyonkasini bolalardan uzoqda saqlang, chunki u bo‘g‘ilish xavfini tug‘dirishi mumkin.
Jiddiy shikastlanish yoki o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan muqarrar xavflarga e‘tibor qarating.
Jiddiy shikastlanish yoki o‘limga olib keladigan ehtimoliy xavfli vaziyatlarga e’tibor qarating.
Yengil shikastlanishga olib keladigan ehtimoliy xavfli vaziyatlarga e’tibor qarating.
Moddiy zararga olib keladigan ehtimoliy xavfli vaziyatlarga e’tibor qarating.
Jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki tajribasi yoki bilimi yetarli bo‘lmagan shaxslarga faqat ular tajribali foydalanuvchi nazorati ostida bo‘lganlarida yoki ularga ularning xavfsizligiga javobgar shaxs tomonidan qurilma bilan xavfsiz ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan va ular buning natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni anglab yetadigan hollardagina qurilmadan foydalanishga ruxsat beriladi.
Bolalarning uskuna bilan o‘ynamasliklariga amin bo‘lish uchun ularni nazorat qiling.
8 yoshdan kichik bolalarga faqat ularga ularning xavfsizligiga javobgar shaxs tomonidan qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan yoki ular tajribali foydalanuvchi nazorati ostida bo‘lgan va ular foydalanish natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni anglab yetadigan hollardagina qurilmadan foydalanishga ruxsat beriladi.
Bolalar tozalash va ta’mirlash ishlarini faqat nazorat ostida amalga oshirishlari mumkin.
Bolalarga qurilma bilan o‘ynashga ruxsat bermang.
Ho‘l qo‘l bilan hech qachon elektr simlar va rozetkani ushlamang.
Biror ulangan joy yoki simlarga aslo qo‘l tekkizmang.
Hech qachon otvertka yo shu kabi o‘tkazgich obyektlarni uskunaning quvvatlanuvchi yeriga tiqmang.
Akkumulyatorni aslo kuchli quyosh nuri, issiqlik yoki olov ta’siri bor joyga qo‘ymang.
Elektr ehtiyot qismlarga ega bo‘lgan, jumladan, pechlarning ichki qismiga uskunadan bevosita purkamang.
Uskunani o‘zi bilan kelgan original quvvatlash moslamasi yoki KÄRCHER kompaniyasi ma’qullagan quvvatlash moslamalaridan foydalaning.
Buzilgan quvvatlash moslamasi va kabelini darhol originaliga almashtiring.
Shikastlangan akkumulyator yoki akkumulyator toʻplamini quvvatlamang. Shikastlangan akkumulyator yoki akkumulyator toʻplamini KÄRCHER tavsiya qilgan akkumulyator yoki akkumulyator toʻplami bilan almashtiring.
Quvvatlash moslamasidan faqat ma’qullangan quvvatlanuvchi akkumulyator yoki akkumulyator toʻplamini quvvatlashda foydalaning.
Uskuna elektr ehtiyot qismlardan tashkil topgan, uni oqayotgan suv bilan tozalamang.
Qisqa tutashuv xavfi. Akkumulyator yoki akkumulyator toʻplamini metall buyumlar bilan birga qo‘ymang.
Quvvatlash moslamasidan faqat quruq xonalarda foydalaning va saqlang.
Bu qurilmadagi batareykani almashtirib bo‘lmaydi.
Portlash xavfi. (Galvanik elementli) Batareyalarni quvvatlamang.
Akkumulyatorlarni olovga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang.
Nuqsonli batareyadan oqib chiquvchi suyuqlikka tegib ketishdan saqlaning. Agar tegib ketsangiz, darhol suv bilan chayib tashlang va ko‘zingizga tegib ketadigan bo‘lsa, shifokoringizdan maslahat oling.
Shikastlanish xavfi. Suyuqlikni uskunadan ko‘zga purkamang.
Agar uskuna avval yerga tushib ketgan, ko‘rinarli darajada shikastlangan yoki undan suyuqlik oqayotgan bo‘lsa, undan foydalanmang.
Uskunaning ishlangan gazlar chiqadigan teshigiga biror narsa tiqmang.
Deraza tozalagichni ta’sirchan (nozik shishali) yuzalarda ishlatishdan oldin, mikrotolali gubkani tozalanayotgan joyning ko'z tushmaydigan qismida sinab ko‘ring.
Uskunani verikal holatda saqlang.
Jihozni faqat quruq xonalarda saqlang.
Iflos suv sig‘imidagi MAX belgisiga yetilishi bilan qurilmani o‘chiring va sig‘imni bo‘shating.
Uskunadan faqat shaxsiy maqsalarda foydalaning. Akkumulyatorda ishlovchi ushbu uskuna oyna, ko‘zgu yoki koshin singari nam, silliq yuzalarni tozalash uchun mo‘ljallangan. Xavfsizlik ko‘rsatmalariga rioya qiling.
Uskunani hech qachon changyutgich sifatida foydalanmang.
Ko‘pi bilan 25 ml suyuqlik tortib oling. Bu uskuna yotiq yuzadagi ko‘p miqdordagi suyuqlikni, masalan, yerga tushib ketgan stakandagi suyuqlikni tortish uchun mo‘ljallanmagan.
Uskunani faqat oddiy tozalash vositalari (tarkibida spirti bo‘lmagan, ko‘piksiz vositalar) bilan birga qo‘llang.
Faqat KÄRCHER kompaniyasi ma’qullagan butlovchi va ehtiyot qismlardan foydalaning.
Undan boshqalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ishlab chiqaruvchi bundan ko‘rilgan har qanday zarar uchun mas’ul emas; bunday xavf uchun foydalanuvchining o‘zi javobgardir.
![]() |
Akkumulyatorni faqat unga qo‘shib beriladigan, KÄRCHER ma’qullagan quvvatlash moslamasi yordamida quvvatlash zarur. |
![]() | Quvvatlash moslamasidan faqat quruq binolarda foydalaning. |
![]() | Akkumulyatordagi nominal kuchlanish |
![]() | Uskunaning nominal quvvati |
![]() | Energiya iste’moli |
![]() | Akkumulyator sig‘imi |
![]() | Quvvatlash moslamasidagi chiquvchi kuchlanish/chiquvchi tok |
![]() | Himoya darajasi |
![]() | Chiqindi suv idishi sig‘imi |
![]() | Ovoz balandligi darajasi (EN 60704-2-1) |
![]() | Vazni |
![]() | Quvvati tugagan akkumulyatorni quvvatlash vaqti |
![]() | To‘liq quvvatlangandagi ishlash vaqti |
![]() | Akkumulyator to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng LED-chiroq 60 daqiqa yonib turadi va keyin o‘chadi. |
Uskuna va yetkazib beriluvchi butlovchi qismlar uskuna qadog‘ida ko‘rsatilgan. Uskuna qadog‘ini ochayotganda butlovchi qismlarining to‘liq ekanligini tekshiring. Biror butlovchi qism yo‘q bo‘lsa yoki tashish davomida uskunaga shikast yetgan bo‘lsa, dileringizga xabar qiling.
Qadoq chiqitga chiqarilishi kerak bo‘lgan material hisoblanadi. Qadoq atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda chiqitga chiqarilishi kerak.
Elektr va elektron jihozlar tarkibida chiqitga chiqariluvchi qimmatbaho materiallar va ko‘pincha noto‘g‘ri muomala qilingan yoki noto‘g‘ri chiqitga chiqarilgan hollarda inson salomatligi yoki atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan detallar, masalan, akkumulyatorlar, batareyalar va moy kabilar mavjud bo‘ladi. Biroq ushbu detallar jihozning bir me’yorda ishlashi uchun zarurdir. Ushbu belgi qo‘yilgan jihozlarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirilmaslik lozim.
Jihoz tarkibida mavjud boʻlgan moddalar boʻyicha dolzarb maʼlumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: www.kaercher.de/REACH
Akkumulyator yuklarni tashish bo‘yicha xalqaro qoidalarga muvofiq tarzda tekshirilgan va u tashilishi yoki jo‘natilishi mumkin.
Har bir mamlakatda kafolat shartlari biz tayinlagan mas’ul savdo kompaniyalari tomonidan chop qilinadi. Kafolat muddati davomida uskunangizdagi ehtiyot qismlar yoki ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan har qanday nosozliklarni ta’mirlab beramiz. Kafolat bilan bog‘liq holatlarda dileringiz yoki eng yaqin servis markaziga murojaat qiling.
(Ularning manzillari orqa tarafda ko‘rsatilgan)
Faqat asl butlovchi yoki ehtiyot qismlardan foydalaning, bu asbobning xavfsiz va halokatsiz tarzda ishlashining kafolatidir.
Butlovchi va ehtoyot qismlari bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: www.kaercher.com.
Quyidagi yordamchi ko‘rsatmalar yordamida oddiy xatolar oqibatida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf qilishingiz mumkin. Bunga biror shubha bo‘lsa yoki bu yerda keltirilmagan nosozliklarga duch kelsangiz, vakolatli mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Akkumulyator avaylab ishlatilganida ham uning sig‘imi eskirgani sayin kamayib boradi, shu bois u hatto quvvatga to‘la holatda ham to‘liq ish soatini ta’minlab bera olmasligi mumkin. Bu nosozlik emas.
Ekrandagi belgi | Xatolik ta’rifi | Xatoni bartaraf etish |
E1 | Akkumulyator toʻplami harorati juda past yoki juda yuqori. |
|
E2 | So‘rib oluvchi turbinadan juda katta miqdorda suyuqlik yoki qattiq jismlar o‘tishi natasida u to‘silib qolishi mumkin. |
|
E3 | Quvvatlash kuchlanishi o‘ta yuqori. |
|
E4 | Akkumulyator toʻplami kuchlanishi < 3 V. |
|
Lo | Akkumulyator quvvatsizlandi. |
|
2-2-SC-A5-GS-17339